Ersin Tatar yoʻl qurilish loyihasi tamomlanishini qayd etdi

Tatar, ShKTR tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) nazoratidagi Yashil chiziqda joylashgan araslash qishloq Pilega nisbatan boshlatilgan yoʻl qurilish ishlarida paydo boʻlgan tushunmovchiliklarni baholadi.

2027429
Ersin Tatar yoʻl qurilish loyihasi tamomlanishini qayd etdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, greklar Pileni butunlay oʻz qishlogʻiga aylantirish niyatida ekanliklari va bunga yoʻl qoʻymasliklarini bildirdi.

Tatar, ShKTR tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) nazoratidagi Yashil chiziqda joylashgan araslash qishloq Pilega nisbatan boshlatilgan yoʻl qurilish ishlarida paydo boʻlgan tushunmovchiliklarni baholadi.

BMTning greklar ta’sirida qilgan munosabatining noxoʻsh ekanini ifoda etgan Tatar,

“Greklarning niyati Pileni butunlay oʻz qishlogʻiga aylantirishdir. Ularning maqsadi Piledagi turklarning hayotini qiyinlashtirib, ularni Nikosiya va Famagustaga koʻchirishdir. Pileni turklardan tozalash”. – deya gapirdi.

Shoshilinch turda Piledan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga borishni istagan bemorlarning ham bojxona eshigida vaqt yoʻqotganini va shu bois Pile – Yigitler yoʻli loyihasi yoʻlga qoʻyilganini qayd etgan Tatar:

“Bu yoʻl qurilishi va oʻz fuqarolarimizga xizmat koʻrsatish uchun 25 yil diplomatik yoʻllar orqali kurashdik. BMT, 25 yil davomida bizni chalgʻitdi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

BMT Tinchlikparvar kuchlari askarlari bilan ShKTR politsiyasi oʻrtasida 18 - avgust kuni sodir boʻlgan voqealarni istamaganliklari ammo BMT askarlari mintaqadagi ShKTR hududi boʻlgan maydonni, Yashil chiziqqa kiritilgandek koʻrsatishga uringaniga e’tibor qaratgan Tatar, BMT Tinchlikparvar kuchlari askarlarini nazarda tutgan holda:

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hududini, Yashil chiziq ichida koʻrsatishlariga yoʻl qoʻya olmaymiz”. – dedi.

Yigitlerdan Pilegacha boʻlgan yoʻl qurilishini oxir - oqibat yakunlashlariga e’tibor qaratgan ShKTR Prezidenti, muammoning diplomatik yoʻl orqali hal qilinishi tarafdori elanliklarini oʻz soʻziga ilova etdi.

ShKTR Tashqi Ishlar vaziri Tahsin Ertugʻruloʻgʻli, Pile - Yigitler yoʻli loyihasini toʻxtatish masalasi yoʻqligini va yoʻl albatta qurilishini bildirdi.

ShKTR davlat televideniyesi Bayrak radio va televideniye korporatsiyasiga bayonot bergan Ertugʻruloʻgʻli, Pile yoʻli ustidan ShKTR bilan BMT oʻrtasida muzokaralar davom etayotgani va BMTning Kiprdagi maxsus vakili Colin Stewart bilan uchrashganliklarini qayd etdi.

Ertugʻruloʻgʻli, ba’zi ommaviy axborot vositalarida Pile-Yigitler yoʻli loyihasining ishlari toʻxtatilgani haqidagi xabarning, haqiqatni aks ettirmasligini ta’kidlab:

“Pile - Yigitler yoʻli loyihasi ishlarini toʻxtatgani yoʻq. Bu yoʻl albatta quriladi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar