ShKTRning Yashil chiziq ustidagi ishlari davom etmoqda

ShKTRning Yigitler qishlogʻidan Yashil chiziqda joylashgan Pile qishlogʻigacha yoʻl ta’mirlash va kengaytirish ishlari davom etmoqda.

2026789
ShKTRning Yashil chiziq ustidagi ishlari davom etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) tomonidan olib borilayotgan Pile-Yigitler yoʻli (Pile – Yiğitler Yolu) loyihasi doirasida, Yigitler qishlogʻidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) nazorati ostidagi Yashil chiziqda joylashgan Pile qishlogʻigacha yoʻl ta’mirlash va kengaytirish ishlari davom etmoqda.

Rasmiylardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ertalabdan boshlangan va dam olish kunlari tufayli past sur’atda davom etgan ishlar kecha tushdan keyin to‘xtatilgan.

Ishlarning bugun ham xuddi shunday past tempda yarim kun davom etishi ma’lum boʻldi.

Loyihaga monelik qilmoqchi boʻlgan BMT Tinchlik kuchlari askarlari juma kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi politsiyasi tomonidan Yashil chiziqda ortga surildi. Keyin esa, kecha mintaqaga borgan Tinchlik kuchi askarlari Kiprning Turk tomoni koʻzda tutgan Yashil chiziq ustidagi ishlarni kuzatdilar.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi maslahatchisi bu borada yozma ravishda bergan bayonotida, BMT Tinchlik kuchlari kecha mintaqaga xodimlarini joʻnatgani ammo ular ishga aralashmagani bildirildi.



Aloqador xabarlar