Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Shavkat Mirziyoyev, telefon orqali muloqot qildi.

2015344
Erdo‘g‘an bilan Mirziyoyev strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar. Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligiga e’tibor qaratdilar.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ikki mamlakat yetakchi kompaniya va korxonalarining sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarning yangi portfelini birgalikda ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 



Aloqador xabarlar