Fuat Oktay O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.

2011858
Fuat Oktay O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashdi

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo'lib turgan Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar komissiyasi raisi Fuat Oktay bilan uchrashdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror, do‘stona tarzda rivojlanmoqda. Qardosh davlatlar rahbarlarining yaqin munosabatlari, barcha sohadagi o‘zaro ishonchi parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.  

Fuat Oktay O'zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining xalqaro saylov standartlariga muvofiq o‘tganini alohida qayd etib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuqori baholadi.  

Konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayishi, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.  

Uchrashuvda “O‘zbekiston-Turkiya” parlamentlararo do‘stlik guruhi faoliyati va uning doirasida amalga oshirilayotgan qator ijobiy ishlar e’tirof etilib, uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar