Turkmanistonda Turk davlatlari madaniyat haftaligi tadbirlari otkazildi

Bu yil, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOYning tashkil topganiga 30 yil toʻldi.

2005261
Turkmanistonda Turk davlatlari madaniyat haftaligi tadbirlari otkazildi

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOYning tashkil topishining 30-yilligi munosabati bilan Turkmanistonda, Turk davlatlari madaniyat haftaligi tadbirlari oʻtkazildi.

Poytaxt Ashxoboddagi “Mahtumquli” nomidagi Turkmaniston Milliy musiqali drama teatrida uyushtirilgan mazkur tadbirga, Turkmaniston Vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari Mehrijamol Mammedova, TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev, Turkiyaning Ashxoboddagi elchisi Togan Oʻral hamda Turk davlatlaridan koʻplab madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etdilar.

Mammedova tadbirning ochilishida Prezident Serdar Berdimuhamedovning tabrik so‘zlarini o‘qidi.

Berdimuhamedov o‘z so‘zida Turkmaniston bilan TURKSOY o‘rtasida madaniy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli faoliyatlar olib borilayotganini ifoda etdi.

TURKSOY Doimiy kengashi qarori bilan 2024-yil “Mahtumquli firoqiy yili”, Turkmanistonning Anev shahrining esa “Turk Dunyosi madaniy poytaxti”. -deb tanlab olinganini ifoda etgan Berdimuhamedov, bundan keyingi jarayonda TURKSOY tarkibidagi davlatlar bilan xalqaro madaniy aloqalarga alohida e’tibor berishlarini qayd etdi.

Berdimuhamedov, TURKSOYning 30-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan Turk davlatlari madaniyat haftaligini, poytaxt Ashxoboddagi Madaniyat haftaligi bilan birga uyushtirishning mazmunli ekanini ta’kidladi.

Tadbir, Turk davlatlari san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari, raqs guruhlari namoyishlari bilan davom etdi.

Yarmarkalar, kontsertlar, muzeyga bolgan tashriflar kabi turli madaniy tadbirlardan iborat Turk davlatlari madaniyat haftaligi 29-iyunga qadar davom etdi.

 

 



Aloqador xabarlar