TURKSOYning 30 yilligiga bag‘ishlangan muloqotlar samarali o'tmoqda

TURKSOY tashkil etilganining 30 yilligi tadbirlari doirasida ko‘plab muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bosh kotibi Mehmet Sureyya bilan uchrashdi.

2002552
TURKSOYning 30 yilligiga bag‘ishlangan muloqotlar samarali o'tmoqda

 

TURKSOY tashkil etilganining 30 yilligi tadbirlari doirasida ko‘plab muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bosh kotibi Mehmet Sureyya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida mazkur nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama etildi.

Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi turkiy davlatlar o‘rtasida parlamentlararo aloqalar mexanizmini shakllantirish, siyosiy qarashlarni yaqinlashtirish, axborot almashish, turkiy madaniyatni targ‘ib etish, iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida 2008 yil 21 noyabrda Istanbulda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston parlamentlari raislari ishtirokida tashkil etilgan.

Uchrashuv davomida hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi.

Muloqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida bosh kotib O‘zbekistonda TURKSOYning 30 yillik bayram tadbirlari yuqori saviyada, baland ruhda tashkil etilayotganini alohida ta’kidlab, minnatdorlik bildirdi. So‘nggi yillarda o‘zaro madaniy aloqalar ko‘lami kengaygani, yangi tashabbuslarning soni va sifati ortgani, bu jarayonda O‘zbekistonning hissasi va ishtiroki muhim bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, TURKSOY bilan hamkorlikda mamlakatimizda bir qator nufuzli tadbirlar o‘tkazildi. Ular qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2023 yil davomida buyuk mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi, atoqli shoir G‘afur G‘ulom tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikdagi rejalar, yangi loyihalar batafsil muhokama etildi.

Shuningdek, TURKSOYning 30 yillik yubileyi dasturlari doirasida madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

Unda hamkorlikka oid qator masalalar, jumladan, “Tabarruk ziyorat” turizm platformasi bazasini yanada kengaytirish, uni turkiy tilli mamlakatlardagi ziyorat maskanlarining ma’lumotlari bilan integratsiya qilish masalalari muhokama etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida tashkil etilgan mazkur sayyohlik platformasida 7 tilda 70 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Shu kuni yana bir qator nufuzli xorijiy tuzilmalar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Hamkorlikdagi rejalar belgilandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TURKSOY

Aloqador xabarlar