Turkiya elchisi Olgan Bekar Jizzax viloyati hokimi bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

1999802
Turkiya elchisi Olgan Bekar Jizzax viloyati hokimi bilan uchrashdi

 

O'zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan ma’lumot berib, viloyatning asosiy drayver sohalari bo‘lgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalarni xususida so‘z yuritdi.

Ayni paytda Jizzax hududida Turkiya davlati tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida umumiy qiymati 115 million 100 ming AQSH dollarlik 3 investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida 450 yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, viloyatda Turkiya davlati tadbirkorlari ishtirokidagi umumiy qiymati 327 million 800 ming AQSH dollarlik 12 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirilgan bo‘lib, buning natijasida hududda 318 yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Jizzax viloyati Turkiya davlatiga joriy yilning birinchi choragida 13 million 300 ming AQSH dollarlik mahsulotlarni eksport qilgan. O‘z o‘rnida, Turkiyadan Jizzax viloyatiga hududda faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va faoliyatini kengaytirish maqsadida joriy yilning yanvar–fevral oylarida 8 million 500 ming AQSH dollarlik mahsulotlar import qilingan.  

Bugungi kunga kelib Jizzax viloyatida Turkiya korxonalari ishtirokidagi 40 qo‘shma korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Bulardan 7 tasi qishloq xo‘jaligi, 27 tasi sanoat va 6 tasi xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlik yo‘nalishlaridir.

Turkiya elchisi Olgan Bekar viloyatning bugungi salohiyati haqida to‘xtalib, Jizzaxda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi.

Uchrashuvdan so‘ng, janob elchi Olgan Bekar Sharof Rashidov muzeyi bilan tanishib, “Jizzax” MIZ hududidagi sanoat korxonalari “MASTER BUILDINGS PRODUCT” MCHJ, “MONO-ELECTRIC” MCHJ va “DAL TEKNIK ZOMIN CEMENT AND LIME” MCHJ sement ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Zomin milliy tabiat bog‘i”da qurilayotgan dor yo‘li hamda shu hududdagi Sufa dam olish majmuasida qurilayotgan mehmonxonalarni borib ko‘rdi.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar