Ozarbayjonda Hatay taomlari tanishtirildi

Prezident Erdoʻgʻanning rafiqasi Emine Erdoʻgʻan yetakchiligida, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 21-27 may kunlari Turk oshxonasi haftaligi uyushtirildi.

1991775
Ozarbayjonda Hatay taomlari tanishtirildi

Ozarbayjonda Turk oshxonasi haftaligi doirasida Hatay taomlari tanishtirildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning rafiqasi Emine Erdoʻgʻan yetakchiligida, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan dunyoning toʻrt burchagida 21-27 may kunlari uyushtirilgan Turk oshxonasi haftaligi doirasida Turkiyaning Bokudagi elchixonasida ham maxsus dastur boʻlib oʻtdi.

Turkiyaning Boku elchisi Jahit Bagʻjining rafiqasi Leyla Bagʻji mezbonligida, elchixona qarorgohida boʻlib oʻtgan dasturda Bokudagi diplomatik missiya vakillarining turmush oʻrtoqlari ishtirok etdi.

Unda mexmonlar Hatay oshxonasidan qalampir noni, tovoq kabobi, baqlajon kabobi, humus va kunefe kabi taomlar va shirinliklar bilan siylandi. Leyla Bagʻji mehmonlarga Hatay tarixi, madaniyati va an’anaviy taom madaniyati haqida ham soʻzlab berdi.



Aloqador xabarlar