Ozarbayjon bilan Eron oʻrtasidagi norozilik va kelishmovchiliklar atroflicha qo‘lga olindi

Jayhun Bayramov bilan Husayn Amir Abdullohiyon telefon orqali muloqot qildi.

1971962
Ozarbayjon bilan Eron oʻrtasidagi norozilik va kelishmovchiliklar atroflicha qo‘lga olindi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon telefon orqali muloqot qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining mavzu haqidagi bayonotiga koʻra, ular muloqot chog‘ida bir-biriga, ikkala davlatning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini hurmat qilishlarini bildirganlar.

Vazirlar ikki davlat oʻrtasidagi norozilik va kelishmovchiliklarni atroflicha qo‘lga olar ekan, muammolarni bartaraf etish uchun muzokaralarni davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

Unda, Ozarbayjon bilan Eron o‘rtasidagi mavjud loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib ham olindi.

Bayramov, eronlik hamkasbiga, Ozarbayjonning milliy manfaatlariga asoslangan mustaqil tashqi siyosati va mintaqa davlatlari bilan o‘zaro munosabatlariga hurmat ko‘rsatilishi muhimligini yetkazdi.

Vazirlar o‘zaro aloqalarni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

 



Aloqador xabarlar