Chanoqqal’ada ozarbayjonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlab yorgorlik o‘rnatildi

Chanoqqal’a urushi paytida shahid bo‘lgan ozarbayjonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi.

1962173
Chanoqqal’ada ozarbayjonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlab yorgorlik o‘rnatildi

Chanoqqal’a urushi paytida 1915-yilgi janglarda shahid bo‘lgan ozarbayjonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlab qurilgan “Ozarbayjon yodgorligi” ochildi.

Shahidlar obidasi yo‘lidagi yodgorlikning ochilishida nutq so‘zlagan Ozarbayjonning Anqaradagi elchisi Reshad Mammadov, Ozarbayjon yodgorligi Chanoqqal’a yarim orolining eng chiroyli joyida, Turk shahidlari yodgorligidan 500 metr uzoqlikda ochilganini qayd etdi.

Yodgorlikning yosh va kelajak avlodlar uchun muhim ekanini ta’kidlagan Memmedov:

“Bundan 100 yil muqaddam Ozarbayjon turklari, Qrim turklari, Oʻrta Osiyo turklari, O‘smonli turklari bu zaminni yelkama-yelka himoya qilib, bir joyda shahid boʻldilar. Millionlab sayyoh, xorijlik, Turk fuqarosi va farzandlarimiz ziyorat qilib, munosabatlarimiz, birodarligimiz va bir xalq ekanimizning namunasi hisoblangan ushbu yodgorlik va obidalarni har doim ko‘radilar. Shunday ekan bu bizning bebaxo tariximizdir”.-deya gapirdi.

Madaniyat va turizm vazirligi Chanoqqal’a urushlari va Geliboʻlu tarixiy maydon rahbari Ismoil Kashdemir esa mavzu haqida:

“Turkiyada yashagan turklar bilan Ozarbayjonda yashagan turklar ikki davlat boʻlishiga qaramay aslida bir millatdir. Buni har doim ifoda etyapmiz. Aslida mana shu birodarlik ramzi sifatida ham bu chiroyli yodgorlik Chanoqqal’a tuproqlarida hammani salomlaydi. Bu yerdan, bir Turk tuprogʻidan, bir vatan chetidan, Chanoqqal’adan Bokuga salom yoʻllayapmiz. Qorabogʻga salom yoʻllayapmiz. Butun Turk tuprogʻiga salom yoʻllayapmiz. Hudo xohlasa Ozarbayjon yodgorligi bilan oʻrtamizdagi aloqalar, qardoshlik munosabatlarimiz yana-da mustahkam tus oladi. Bular Hudo xohlasa qiyomatgacha davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar