Sadir Japarov Anqaradagi TDT sammitida ishtirok etadi
Japarovning tashrifi doirasida 16-17 mart kunlari Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan, unda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Bu haqda Qirg‘iziston davlati rahbari matbuot kotibi Erbol Sultonboyev ma’lum qildi.
“Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining Anqarada bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etadi. Rejaga ko‘ra, 15-16 mart kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda TDT tarkibiga kiruvchi davlatlar rahbarlari tabiiy ofatlarga qarshi kurashda harakatlarni muvofiqlashtirish va bunday vaziyatlarda gumanitar yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qiladilar”, deydi u.
Anqara sammitiga jahon hamjamiyatida faqat Anqara tomonidan tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ham kuzatuvchi sifatida taklif etildi.
Shuningdek, Japarovning tashrifi doirasida 16-17 mart kunlari Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan, unda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 mart kuni Turkiyaga jo‘nab ketishini, ertaga, 16 mart kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.
Aloqador xabarlar
Moskvada O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari qo‘lga olindi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazdi.
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Cashm Barlas Toshkent viloyatida korxona tashkil etish uchun yer sotib olishni rejalashtirmoqda.