Mirziyoyev Bakudagi Qo‘shilmaslik harakati sammitida ishtirok etmoqda

Bugun, 2 mart kuni Baku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Aloqa guruhi sammiti o‘z ishini boshladi.

1953894
Mirziyoyev Bakudagi Qo‘shilmaslik harakati sammitida ishtirok etmoqda

 

Bugun, 2 mart kuni Baku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Aloqa guruhi sammiti o‘z ishini boshladi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tayotgan sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. 

Qayd etilishicha, 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlari “Bandung tamoyillaridan kelib chiqqan holda zamonaviy dunyo chaqiriqlariga birgalikda va adekvat javob berishni ta’minlash” mavzusidagi XVIII Sammitda ishtirok etmoqda. Umuman olganda, Sammitda 160 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. 

Prezident Ilhom Aliyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Bosh vaziri Ayman Benabderrahman, Keniya Bosh vaziri Musaliya Mudavadi, Tanzaniya vitse-prezidenti Filipp Isdor Mpango, Kuba Respublikasi vitse-prezidenti Salvador Antonio Valdes Mesa, Birlashgan Arab Amirliklari Oliy Kengashi a’zosi, Ras al-Xayma amirligi hukmdori shayx Saud bin Saqr Al Qosimiy, Gabon vitse-prezidenti Rouz Kristian Osouk Rapondu, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi Prezidenti Chabu Kyoryoshi, Bosniya va Gersegovina raisligi raisi Zelka Sviyanovich, Iroq Respublikasi Prezidenti Abdul Latif Jamol Rashid, Liviya prezidentlik kengashi raisi Yunis Al-Manfiy, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 

Qo‘shilmaslik harakati raisligidagi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tadbirni ochar ekan, Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Aloqa guruhi sammiti ishtirokchilarini qutlaganidan mamnunligini bildirdi. 

Davlat rahbarining taklifiga binoan Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi. 

Keyin Sammit kun tartibi tasdiqlandi.  Davlat rahbari Sammitda nutq so‘zladi.



Aloqador xabarlar