Japarov Turkiyadagi qidiruv-qutqaruv faoliyatida qatnashgan yurtdoshlariga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Japarov tomonidan qabul qilingan Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev, vazirlik tomonidan Turkiyadagi yer silkinishlari ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlari haqida ma’lumot berdi.

1950510
Japarov Turkiyadagi qidiruv-qutqaruv faoliyatida qatnashgan yurtdoshlariga minnatdorchilik bildirdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi ortidan Turkiyaga kelib, qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida qatnashgan yurtdoshlariga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Japarov tomonidan qabul qilingan Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev, vazirlik tomonidan Turkiyadagi yer silkinishlari ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlari haqida ma’lumot berdi.

Japarov, Turkiyada sodir boʻlgan tabiiy ofatning dahshatli oqibatlari borligini ifoda etar ekan ayni vaqtda uning qardosh davlatga katta ziyon yetkazganini taʼkidladi.

Mavzu haqida Japarov:

“Bu umumiy azob hammani Turkiya xalqiga yordam berishga undadi. Professional, yaxshi muvofiqlashtirilgan va samarali ishlari uchun qutqaruvchi guruh a’zolariga minnatdorchilik bildirmoqchiman”. - dedi.

Japarov, Ajikeyevga, qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashgan har bir xodimni mukofatlashi uchun topshiriq berdi.  

Ajikeyevning qayd etishicha Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarixida qidiruv-qutqaruv guruhi birinchi marta chet eldagi faoliyatlarda ishtirok etgan.

Vazir o‘z so‘zi davomida:

“Qirg‘iziston qidiruv-qutqaruv guruhi o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, vayronalar ostida qolganlarni qutqarishga harakat qildi. Qutqaruv ishlari davomida 8 kishini (ular orasida bolalar ham bor) tirik qutqrib, 198 kishining jasadini topdi. Yer silkinishi sodir bo‘lgan hududlarda 124 chodirdan tashkil topgan chodir shaharcha qurib berdi”.-deya gapirdi.  

Turkiyaning Kahramanmarash va Hatay viloyatida olib borilgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida ishtirok etganliklarini ifoda etgan Ajikeyev, ular faoliyati turk matbuoti tomonidan yaqindan kuzatilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Qirg‘iziston guruhi, mamlakatda tantanali marosim va minnatdorchilik bilan kutib olindi.



Aloqador xabarlar