Gruziya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi

General-mayor Matiashvili, amaliy tashrif bilan borgan Ozarbayjonda Mudofaa vaziri Zakir Hasanov tomonidan qabul qilindi.

1948978
Gruziya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi

Gruziya Mudofaa kuchlari qoʻmondoni general-mayor Georgiy Matiashvilining Bokuga boʻlgan tashrifi doirasida Gruziya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

General-mayor Matiashvili, amaliy tashrif bilan borgan Ozarbayjonda Mudofaa vaziri Zakir Hasanov tomonidan qabul qilindi.

Mavzu haqida Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga koʻra Hasanov, Ozarbayjon va Gruziya xalqlari oʻrtasidagi an’anaviy doʻstlik va oʻzaro ishonch haqida gapirdi.

Hasanov, ikki davlatning Turkiya bilan uch tomonlama yoʻlga qoʻygan hamkorligining mintaqa xavfsizligini ta’minlashda muhim rol oʻynashini ta’kidladi.

Turkiyaning Qars shahrida o‘tkazilgan “Qishki-2023” mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar yuksak professional mahorat ko‘rsatganini ta’kidlagan Hasanov, qo‘shma mashg‘ulotlar armiyalar o‘rtasida tajriba almashish va jangovar salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

Hasanov, Janubiy Kavkaz davlatlari rahbarlari ishtirokida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan yigʻilishning ahamiyatiga ham toʻxtaldi.

Prezident Ilhom Aliyevning, “Biz albatta Yevroosiyoda tinchlik boʻlishini istaymiz”. -  degan soʻzlarini yodga solgan Hasanov, mintaqada tinchlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar haqida gapirdi.

Matiashvili, Ozarbayjon va Gruziya oʻrtasidagi harbiy hamkorlikning mintaqaviy xavfsizlikka hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.

Suhbat chog‘ida harbiy-texnikaviy va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Matiashvili tashrifi doirasida Ozarbayjon Bosh shtab rahbari general-leytenant Kerim Veliyev bilan ham uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar