Qirgʻiziston Turkiyaga 63 kishilik qutqaruvchi guruh yubordi

Qirgʻiziston Turkiyaga xalqaro shartnoma asosida 63 kishilik qutqaruvchi guruh yubordi.

1943160
Qirgʻiziston Turkiyaga 63 kishilik qutqaruvchi guruh yubordi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning buyrugʻi bilan Turkiyaga qutqaruvchi guruh yuborildi. Bu haqida, Qirgʻizistonning Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra yer silkinishi yuzasidan paydo boʻlgan ziyonni bartaraf etish, vayrona ostida qolganlarni qidirish, qutqarish va tozalash uchun xalqaro shartnoma asosida Qirgʻiz Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligining 63 kishilik guruhi Turkiyaga yoʻlga chiqqan.

Qutqaruvchilar 20 kunlik oziq-ovqat, qidiruv - qutqaruv faoliyatida foydalanuvchi vositalarini ham oʻzlari bilan birga olib kelmoqda. Shuningdek, vayronalar ostidan jabrlanganlarni qidirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Qutqaruvchilarni tayyorlash davlat markazining o‘rgatilgan ikkita iti ham jalb etiladi. Qutqaruvchi guruh orasida shifokor, feldsherlar, psixologlar va kinologlar ham bor. Eslatib o‘tamiz, Qirgʻiziston Turkiyaga yaqin kunlarda insonparvarlik yordami ham yuboradi.



Aloqador xabarlar