Oʻzbekiston - Afgʻoniston temir yoʻl qatnovi vaqtincha toʻxtatildi

Afgʻoniston tomoni, texnik xizmat koʻrsatish masalasidagi vazifalarini oʻz vaqtida bajarmagani bois Oʻzbekiston - Afgʻoniston temir yoʻl qatnovi vaqtincha toʻxtatildi.

1941287
Oʻzbekiston - Afgʻoniston temir yoʻl qatnovi vaqtincha toʻxtatildi

Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan boʻlgan temir yoʻl qatnovini vaqtincha toʻxtatdi

Oʻzbekiston Davlat temir yoʻllari xizmati tarqatgan ma’lumotga koʻra Afgʻoniston tomoni, texnik xizmat koʻrsatish masalasidagi vazifalarini oʻz vaqtida bajarmayapdi. Shu bois 1-fevraldan e’tiboran Afgʻonistonga qatnagan temir yoʻl xizmati vaqtincha toʻxtatilgan.

Bayonotda, bugungacha tomonlar oʻrtasida 2023-yilning 1-fevraliga qadar temir yo‘lda texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish borasida kelishib olingani yodga solindi.

Tomonlarning shuningdek, Hayraton - Mazori Sharif temir yo‘lidan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha ham yangi shartnoma imzolashlari kerakligi yodga solingan bayonotda, O‘zbekistondan Afg‘onistonga tovar va mahsulotlar yetkazilishini ta’minlash uchun avtomobil transportidan foydalanilishi ta’kidlandi.

2010-yilning noyabr oyida qurilgan va Oʻzbekiston chegarasidan boshlab Afgʻonistonning Hayraton-Mazori Sharif shaharlarini bogʻlagan 75 kilometrlik temir yoʻli, Afgʻonistonni boshqa davlatlar bilan bogʻlovchi yagona temir yoʻl hisoblanadi.

O‘zbekiston Davlat temir yo‘llari ma’lumotlariga ko‘ra, bu temi yoʻli orqali 2010 - yildan buyon qariyb 28 million tonna yuk tashilgan.

 



Aloqador xabarlar