O'zbekiston tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1928329

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda oliy darajadagi ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan surʼatlarda rivojlanib, amaliy mazmun bilan boyimoqda.

Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida qizg‘in va samarali aloqalar olib borilmoqda.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqidi.

O‘zbekiston va Turkiya Rahbarlarining uchrashuvlari yakunida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni jadallashtirishga kelishib olindi.

Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar