O‘zbekiston Prezidenti turkiy dunyo mukofotlarini topshirdi

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

1905281
O‘zbekiston Prezidenti turkiy dunyo mukofotlarini topshirdi

 

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

O'zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish yakunlariga qisqacha to‘xtalib, unda juda muhim qaror va kelishuvlarga erishilganini taʼkidladi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan ularni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Rajap Tayyip Erdo'g‘an va Gurbanguli Berdimuhamedovga bu mukofotlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Maʼlumki, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi.

Bu mukofot Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.

Rajap Tayyip Erdo'g‘an, Gurbanguli Berdimuhamedov va Sadir Japarov mukofotlar uchun minnatdorlik bildirib, Samarqand sammiti juda samarali, turkiy xalqlar uchun manfaatli bo‘lganini taʼkidladi.



Aloqador xabarlar