Jizzax shahrida Qozon Federal universitetining filiali ochildi

O‘zbekistonning Jizzax shahrida Qozon Federal universitetining filiali ochildi.

1890934
Jizzax shahrida Qozon Federal universitetining filiali ochildi

Bugun Jizzax shahrida Qozon Federal universitetining filiali ochildi. Bu haqida,  “Dunyo” AA ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, filialning ochilish marosimida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Rasmiy ochilish marosimi doirasida Tatariston Prezidenti, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – energetika vaziri, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri, viloyat hokimi hamda hududdagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda oliy taʼlim sohasidagi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi bugungi kunga kelib mutlaqo yangi sifat darajasiga ko‘tarilgani haqida so‘z bordi.

Ushbu samarali hamkorlik natijasi o‘laroq, joriy o‘quv yilidan Qozon Federal universiteti Jizzax filiali hisobidan O‘zbekistonda yana bitta  Rossiya oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Bu, o‘z navbatida, ikki davlat oliy taʼlim tizimlari muvaffaqiyatli integratsiyasining yorqin mahsulidir.

Qayd etilishicha, Qozon Federal universiteti ayni paytda O‘zbekistonning 32 ta yetakchi universiteti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Ular o‘rtasida akademik almashuv, o‘qituvchilarni maʼruzalar o‘qishga taklif qilish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, magistrantlar, doktorantlar, tadqiqotchilar uchun qisqa muddatli ilmiy amaliyotlar, shuningdek, talabalar almashuvi bo‘yicha ishlar faol rivojlanmoqda.

 



Aloqador xabarlar