To'qayev: "Dunyo yadroviy quroldan foydalanish xavfiga duch kelmoqda"

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasida nutq so'zladi.

1882740
To'qayev: "Dunyo yadroviy quroldan foydalanish xavfiga duch kelmoqda"

 

Dunyo ikki avloddan keyin birinchi marta yadro qurolidan foydalanish ehtimoli bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 77-sessiyasida so’zlagan nutqida gapirdi.

U so'zlagan nutqida Qozog’istonning o’tmishda yadroviy sinovlardan katta zarar ko’rganiga diqqat qaratdi.

"Biz yadroviy kuchlarning kuchayib borayotgan raqobati va ritorikasidan xavotirdamiz" dedi Qozog'iston prezidenti.

Kuchli davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchsizlik xavotirli darajaga yetganiga eʼtibor qaratgan To'qayev, "Dunyo ikki avloddan keyin birinchi marta yadroviy quroldan foydalanish xavfiga duch kelmoqda", dedi.

U shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining davlatlar suvereniteti tengligi, hududiy yaxlitligini hurmat qilish va davlatlarning tinch-totuv yashashi kabi uchta asosiy tamoyillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.

“Bu uch tamoyil bir-biri bilan bogʻliq. Bu tamoyillardan birining buzilishi qolgan ikkitasining buzilishi hisoblanadi. Yadroviy qurolsizlanishning global rejimi zaiflashishi bu uch tamoyil tahdid ostida ekanligini anglatadi”, dedi To'qayev.

BMTning qadriyatlar tizimi dunyoning turli burchaklaridagi millionlab odamlar uchun umid chirog‘i bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan Qozog‘iston rahbari mamlakatlarni ushbu qadriyatlarni himoya qilishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Qosim-Jo’mart Toqayev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar