To'qayev:"Qozog‘iston yadroviy xavfsizlik tamoyilini to'liq himoya qiladi"

Qozog‘iston hukumati yadroviy xavfsizlik tamoyilini doimiy ravishda himoya qiladi. Bu haqda Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev ma’lum qildi.

1873583
To'qayev:"Qozog‘iston yadroviy xavfsizlik tamoyilini to'liq himoya qiladi"

 

Qozog‘iston hukumati yadroviy xavfsizlik tamoyilini doimiy ravishda himoya qiladi.

Bu haqda Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev ma’lum qildi.

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 29-avgust Xalqaro Yadroviy sinovlarga qarshi kurashish kuni munosabati bilan shunday yozgan:

"Bugun - 29 avgust xalqaro yadro sinoviga qarshi kurashish kuni. Bu insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga ega. Yadro portlashi qozoq zaminiga juda katta zarar yetkazdi. Bunday fojia boshqa takrorlanmasligi kerak. Mamlakatimiz doimo yavdroviy xavfsizlik tamoyiliga sodiq qoladi"

Qozogʻiston prezidenti yadroviy portlashlar Qozogʻiston hududiga katta zarar yetkazayotganini taʼkidladi.

Bugun, shuningdek, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi va Yadro sinovini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti tayyorgarlik komissiyasi ijrochi kotibi Robert Floydaning qo‘shma bayonoti e’lon qilindi.

- Biz barcha davlatlarni yadro xavfsizligiga rioya qilishda davom etishga chaqiramiz, - deyiladi hujjatda. - Shartnomani hali imzolamagan yoki ratifikatsiya qilmagan davlatlarni esa jarayonni kechiktirmasdan oxiriga yetkazishga da’vat qilamiz.

Bayonotda XXI asrda insoniyatning umumiy maqsadi bo‘lgan yadroviy qurolsizlanishni ilgari surish va kelajak avlodlar uchun xavfsiz dunyoni yaratish uchun Shartnomani kuchga kiritish vaqti kelgani ham qayd etilgan.

Bundan 31 yil muqaddam Qozog'iston 40 yil davomida uzluksiz yadro sinovlari o'tkazilgan Semipalatinsk yadro poligonini yopish qarori bilan dunyoda 4-o'rinni egallagan yirik ommaviy qirg'in quroli arsenalidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan birinchi davlat bo'ldi.

Qozog‘iston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti 29 avgustni “Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi harakat kuni” deb tan oldi.

Qozog‘iston mustaqillikka erishgach, yadroviy qurolsizlanishni tashqi siyosatidagi asosiy masalalardan biriga aylantirdi.

BMT qarori bilan 2010-yildan beri har yili butun dunyoda nishonlanib kelinayotgan ushbu kun munosabati bilan Qozog‘istonda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Eslatish joizki, 1947 yilda maxfiy qaror bilan Qozog'iston hududida Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy poligoni qurilgan.

Sovet Ittifoqi 1949-yil 29-avgustda Qozog‘iston sharqidagi Semipalatinskdan 130 kilometr uzoqlikdagi katta hududda o‘zining birinchi yadro qurolini sinovdan o‘tkazdi. Semipalatinsk yadro poligonida 40 yil ichida jami 456 ta yadro sinovi oʻtkazildi.

1,5 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan yadro sinovlari natijasida mintaqada ko‘plab nogiron bolalar tug‘ildi, atrof-muhit radioaktiv izotoplar bilan ifloslandi.

Biroq, 1989-yilda qozoq shoiri O‘ljas Suleymanov asos solgan “Nevada-Semipalatinsk” aksilyadro harakati a’zolari yadroviy poligonni yopishga qaratilgan faoliyatni amalga oshira boshladilar.

Mamlakat bo‘ylab ko‘plab fuqarolar ishtirok etgan mitinglar natijasida harakatning chaqiriqlari o‘z maqsadiga erishdi.

Ma'lumot uchun, Semipalatinsk yadro poligonida oxirgi yadro sinovi 1989 yil 19 oktyabrda o'tkazilgan.


Tanlangan kalimalar: #Qosim-Jo'mart To'qayev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar