Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya tranzit bojxona bo'yicha bitim imzoladi

Ozarbayjon poytaxti Bakuda Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya hukumatlari o'rtasida bojxona masalalari bo'yicha uch tomonlama qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi.

1869691
Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya tranzit bojxona bo'yicha bitim imzoladi

 

Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya o'rtasida Baku-Tbilisi-Kars temir yo'li loyihasi doirasida tranzit bojxona tartiblarini osonlashtirish maqsadida ma'lumot almashish bo'yicha kelishuv imzolandi.

Ozarbayjon poytaxti Bakuda Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya hukumatlari o'rtasida bojxona masalalari bo'yicha uch tomonlama qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Ozarbayjon Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shahin Bagirov, Turkiya Respublikasi Savdo vaziri oʻrinbosari Riza Tuna Turagay va Gruziya daromadlar xizmati direktori Levan Kakava boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Muzokaralar yakunida Bagirov, Turagay va Kakava “Baku-Tbilisi-Kars temir yo’li loyihasi doirasida Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya o’rtasida tranzit bojxona tartiblarini osonlashtirish uchun ma’lumot almashish to’g’risidagi bitim”ni imzoladi.

Bitimga muvofiq, Baku-Tbilisi-Kars temir yo‘li orqali uchala davlat hududidan tranzitda olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona tartib-taomillari osonlashtiriladi.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar