Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyaga tashrif buyurdi

Ilhom Aliyevga turmush o’rtog’i – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamrohlik qilmoqda.

1865990
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan kecha, 9 avgust kuni amaliy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Ilhom Aliyevga turmush o’rtog’i – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamrohlik qilmoqda.

Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan Konya shahri aeroportida Ozarbayjon rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyevani Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapo‘g‘li, Konya gubernatori Vahdettin O‘zkan va boshqa rasmiy vakillar kutib oldi. 

Davlat rahbari aeroportdan Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamlik o‘yinlari maydoniga borib, Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan sportchilar bilan uchrashdi.



Aloqador xabarlar