O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Qirg‘izistonning Issik-Ko‘l viloyatiga qarashli Cho‘lponota tumanida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

1857505
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.

Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar