Mirziyoyev: "Biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor".

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda.

1855466
Mirziyoyev: "Biz uchun Turkmaniston – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor".
Serdar Berdimuhamedov Ozbekistan'da-8.jpg

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kecha, 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Berdimuhamedov poytaxt Toshkentda joylashgan "Ko‘ksaroy" qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari avvalom bor o‘zaro ortidan esa hay’atlararo uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zaro uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, Turkmaniston Prezidentini joriy yil mart oyida o‘tgan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev so‘zlari davomida Turkmanistonni, O‘zbekiston uchun – mintaqadagi ishonchli va muhim hamkor ekanini qayd etdi.

Turkmaniston Prezidenti mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisining salomini yetkazdi.

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligining istiqbollarini muhokama qildilar, alohida e’tiborni savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan foydalanishga qaratdilar.

Tomonlar hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdilar.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Markaziy Osiyoda qaror topgan ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik muhitini mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.

Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentini o‘ziga qulay vaqtda Turkmanistonga javob tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

 



Aloqador xabarlar