O‘zbekiston, Qoraqalpog‘istondagi voqealarda 18 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida 1—2-iyul kunlari sodir bo‘lgan voqealarda 18 kishi halok bo‘lgani, 243 kishi tan jarohati olgani xabar qilindi.

1851584
O‘zbekiston, Qoraqalpog‘istondagi voqealarda 18 kishi halok bo‘ldi

 

O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida 1—2-iyul kunlari sodir bo‘lgan voqealarda 18 kishi halok bo‘lgani, 243 kishi tan jarohati olgani xabar qilindi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bayonotida mamlakat Konstitutsiyasidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi to‘g‘risidagi moddalarga o‘zgartirish kiritish haqidagi takliflar jamoatchilikda kun tartibiga kelganidan so‘ng, norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Qoraqalpog‘istonning markazi Nukus shahrida 1-2 iyul kunlari sodir bo‘lgan voqealarda 18 kishi halok bo‘lgan, 38 kishisi  xavfsizlik xodimi bo’lib  243 kishi yaralangani qayd etilgan.

Yaralangan 94 kishining kasalxonaga yotqizilgani, ba'zilarining ahvoli og'ir ekanligi bildirilgan bayonotda, voqealarga aloqador 516 kishining qo'lga olingani ta'kidlandi.

Qoraqalpog‘istonda 1 iyul kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi bilan bog‘liq moddalarni o‘zgartirish bo‘yicha ayrim takliflar kun tartibiga kelganidan so‘ng norozilik namoyishlari boshlandi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Prezidenti Shevket Mirziyoyev namoyishlar davom etayotgan Nukusga borib, fuqarolar bilan uchrashib, Qoraqalpogʻiston maqomi oʻzgarmasligini maʼlum qildi.

Namoyishlar davom etar ekan, Mirziyoyev imzolagan farmon bilan Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida 2 avgustga qadar favqulodda holat e’lon qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar