Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Janubiy kipr Rum Boshqaruviga reaksiya ko’rsatdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan  berilgan  yozma bayonotda,  JKRB  milliy gvardiyasi , Fransiyadan jangovar vertolyot sotib olish uchun oldindan to'lovni amalga oshirishga qaror qilgani qayd etildi.

1847267
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Janubiy kipr Rum Boshqaruviga reaksiya ko’rsatdi

 

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR)  Janubiy kipr Rum Boshqaruvining (JKRB) qurollanish faoliyatiga  reaksiya ko’rsatdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan  berilgan  yozma bayonotda,  JKRB  milliy gvardiyasi , Fransiyadan jangovar vertolyot sotib olish uchun oldindan to'lovni amalga oshirishga qaror qilgani qayd etildi. Bayonotida

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda,

"Bu qaror  JKRB  Orolimiz va Sharqiy O'rtayer dengizidagi barqarorlik va tinchlikka tahdid solayotgan qurollanish dasturini sekinlashtirmasdan davom ettirayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Chegara chizig'i bo'ylab 250 ga yaqin og'ir qurol pozitsiyasini joylashtirgan. PKK terror tashkilotini qo'llab-quvvatlagan,  Papalarga  quroldan  otish mashqlarini o'tkazyapti,   JKRB bu provokatsion harakatlari bilan qurol va o'q-dorilarga millionlab yevro sarfladi, ko'plab davlatlar bilan tobora ko'proq harbiy mashg'ulotlar o'tkazdi va ikki tomonlama harbiy ittifoqlar o'rnatdi,  ushbu harakatlari xavotirli darajaga yetdi. Bu harbiy faoliyatlar Kipr Turk xalqiga qarshi amalga oshirilayotgani aniq." bayonotlar kiritildi.

Kipr turk xalqi uchun tahdidga aylangan qurollanish harakatlarini sekinlashtirmasdan davom ettirayotgan Kipr Rum qismining  ishonch hosil qilish deb atalmish chora-tadbirlari dunyo jamoatchiligi fikrini chalg'itishdan boshqa  bir maqsadga xizmat qilmaganiga e'tibor qaratildi. , xalqaro hamjamiyat  Rum tomonining ushbu o'yinini ko'rishga chaqirildi.  Bayonotida

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolaridan biri boʻlgan Fransiyaning JKRBga  hujum vertolyotlarini sotishi va AQShning qurol embargosini bekor qilishi BMT Xavfsizlik Kengashi ishonchli va xolis institut emasligining eng yorqin va yangi dalolatidir. " deya qayd etildi. Bayonotda,

"JKRB ba'zi davlatlar bilan mamlakatimizga qarshi olib borgan harbiy harakatlari  Ona vatan Turkiyaning samarali va amalda kafolatlanishining ahamiyati va ajralmasligini yana bir bor ochib berdi va o'z huquq va manfaatlarimizni himoya qilishimiz qanchalik muhimligini ko'rsatmoqda. Turkiya bizning yagona asosimiz” dedi bayonotda.

 JKRB   ma'muriyatida Parlament Mudofaa qo'mitasi Frantsiyadan RMMOga 6 ta jangovar vertolyot sotib olishga ruxsat bergan 53 million yevrolik qo'shimcha yordamni ma'qullagan edi.

 JKRB  ma'muriyati va Fransiya o'rtasida jangovar vertolyotlar sotib olish bo'yicha kelishuvning qisqa vaqt ichida imzolanishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar