Samarqandda 300 gektar maydonda yangi maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

1833668

bugungi kunda hududlarda 35 ta tekstil-bo‘yoq va 14 ta terini qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalar tayyorlangan. Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar tekstil-bo‘yoq va terini qayta ishlash bo‘yicha industrial parklar tashkil etish, zamonaviy tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha loyihalarni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga ushbu loyihalar hisobidan 20 mingta ish o‘rni yaratishi, qo‘shimcha 250 million dollar eksportni ta’minlashi shartligi ta’kidlandi.

Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona tadbirkorlari bu imkoniyatdan foydalanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 630 million dollarlik yangi loyihalarni boshlash tashabbusi bilan chiqqan. Ularni infratuzilma bilan ta’minlash uchun joriy yilda 120 milliard so‘m ajratiladi.

Boshqa hududlardan ham yangi loyiha takliflari bo‘lsa ular uchun yana 50 milliard so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Samarqandda 300 gektar maydonda yangi maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi belgilandi.

Tanlangan kalimalar: #maxsus sanoat zonasi , #Samarqand

Aloqador xabarlar