Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Caparov tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1832980
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Qirg‘izistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Oliy martabali mehmon Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Caparov tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Qirg‘iziston prezidenti qarorgohida ikki mamlakat prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi va delegatsiyalararo muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalar o'rtasidagi uchrashuvda so'zga chiqqan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Caparov, “Ikki davlat oʻrtasida jiddiy siyosiy qarama-qarshiliklar yoʻq”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Qirg'iziston va Qozog'iston birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytiradi.

Qirg‘izistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligiga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratgan To’qayev:

– Bugun Qirg‘izistonda sizning kuchli boshqaruvingiz ostida muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Qirg‘izistonning dunyoda obro‘-e’tiborini mustahkamlash yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Qozog‘iston sifatida biz ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun har tomonlama yordam berishga tayyormiz”,-dedi.

To’qayev shuningdek, Japarovning Qozog‘iston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini va bu yo‘nalishdagi alohida sa’y-harakatlarini yuqori baholashini aytdi.

Ikki davlat oʻrtasida aviatsiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimdan tashqari, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, logistika va mahalliy hokimiyatlar sohalarida hamkorlik memorandumlari imzolandi.



Aloqador xabarlar