Ilhom Aliyev Erdo'g'anga Bryusseldagi uchrashuv haqida ma'lumot berdi

Erdo’g’an ham uchrashuv haqida ma’lumot bergani uchun Aliyevga minnatdorlik bildirib, uchrashuvda erishilgan ijobiy natijalardan mamnunligini tilga oldi.

1831483
Ilhom Aliyev Erdo'g'anga Bryusseldagi uchrashuv haqida ma'lumot berdi

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan Zangezur yo’lagining ochilishi jumladan, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari qurilishi bo’yicha Armaniston yetakchilari bilan hamfikr ekanligini bildirdi.

Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anga qo'ng'iroq qilib, Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Charlz Mishel va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan Bryusselda o'tkazgan uchrashuvi haqida ma'lumot berdi.

U Charlz Mishel va Pashinyan bilan Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida tinchlik shartnomasini tayyorlash, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni normallashtirish, transport koridorlarini ochish va chegaralarni belgilash masalalari muhokama qilinganini bildirdi.

Aliyev shuningdek, uchrashuvni ijobiy baholaganini qayd etdi.

Kecha Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi chegaralarni aniqlash boʻyicha davlat komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi qarorni imzolaganini qayd etgan Aliyev, tomonlar Zangezur yoʻlagining ochilishi, jumladan, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha kelishib olganligini maʼlum qildi.

Erdo’g’an ham uchrashuv haqida ma’lumot bergani uchun Aliyevga minnatdorlik bildirib, uchrashuvda erishilgan ijobiy natijalardan mamnunligini tilga oldi.

Mintaqada tezroq tinchlik o'rnatilishining ahamiyatiga diqqat qaratgan Erdo'g'an va Aliyev, Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlarni ham muhokama qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar