O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyev bilan Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildi.

1829590
O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Kecha 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqat chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilar ekan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda beshta muhim yo‘nalish shu jumladan:

-          davlat chegarasiga oid masalalarda

-          savdo-sotiqni ko‘paytirish

-          sanoat kooperatsiyasini kengaytirish

-          transport va energetika sohalarida qo‘shma infratuzilma loyihalarini ilgari surish borasidagi amaliy hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratilgan.

Unda mintaqaviy muloqot masalalari ham muhokama qilinar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligi qayd etilgan.

Yetakchilar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqanlar.

Qayd etilishicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiqlik, ishonch va do‘stlik ruhida o‘tgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar