Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning OAV rahbarlari yig‘ilishi bo‘ldi

Joriy yilning 13-15 may kunlari Istanbulda bo'lib o'tgan mazkur konfrensiya turkiy tilli davlatlar o‘rtasida media va   ommaviy kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish masalalariga oid muhokamalar bilan boshlandi.

1828427
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning OAV rahbarlari yig‘ilishi bo‘ldi

 

Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning ommaviy axborot vositalari rahbar xodimlarining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13-15 may kunlari bo'lib o'tgan mazkur konfrensiya turkiy tilli davlatlar o‘rtasida media va   ommaviy kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish masalalariga oid muhokamalar bilan boshlandi.

Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston, shuningdek, kuzatuvchi davlatlar – Vengriya hamda Turkmanistondir. Kelajakda katta ehtimol bilan Tojikiston ham sammitda ishtirok etishi mumkin.

Tashkilotga a’zo va 8 ta davlatning  media va axborot sohasida faoliyat yurituvchi davlat idoralari va kompaniyalarning rahbar hamda xodimlari muhokamalar davomida turkiy tilli davlatlar hududida yagona televideniyega asos solish, ijtimoiy medianing salbiy oqibatlariga qarshi har tomonlama kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Ishtirokchilar yolg‘on axborotlarni tarqalishi, "feyk" ma’lumotlar, dezinformatsiyalarni aniqlash va har qanday axborot xurujlarining oldini olish va qarshi kurashish masalasida tashkilotga a’zo davlatlarning o‘zaro hamkorligi va faolligini oshirish yuzasidan tajriba almashdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TDT

Aloqador xabarlar