O‘zbekistonda Saljuqiylar davriga oid oltin dinor topildi

O‘zbekistonning Termiz shahrida Saljuqiylar davriga oid oltin dinor topildi.

1825259
O‘zbekistonda Saljuqiylar davriga oid oltin dinor topildi

Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgan.  Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonida dastlabki  ish jarayonini olib borar ekan natijada,  Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari topilgan.

Qayd etilishicha Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan. Unga esa, amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berilgan.

Ortidan muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan.

Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev bayonotiga tayangan holda xabarda quyidagi ma’lumotlargao‘rin beriladi:

 “Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normoʻminov “Alloh” va “Muhammad” soʻzlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini oʻqishga muvaffaq boʻldi.  Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan.  Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan.  Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”,   kumush tangalar “dirham” deb atalar edi”.

Unda shuningdek:

“Termiz oʻzining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar oʻrtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar obʼyektiga aylangan.  10-asrning 2-yarmida shahar qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasidagi qonli toʻqnashuvlar joyiga aylandi.  Bu hukmdorlar bir-birlari bilan boʻlgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar Toʻgʻrulbek va Chagʻrilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar”.-deyiladi.

Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil to‘laar ekan ushbu 20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Saljuqiylar , #oltin dinor

Aloqador xabarlar