TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Markaziy Osiyo xalqaro institutida bo'ldi

Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1813325

Suhbat chog‘ida MOXI va TIKA o‘rtasida aloqa o‘rnatish hamda o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish istiqboli muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida martabali mehmonga Institutning maqsad, vazifalari, faoliyati, muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma tadbirlar xususida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida J.Tuney ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli erishilgan O‘zbekiston va Turkiya munosabatining yuqori bosqichidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoda siyosiy vaziyatni tubdan yaxshilash, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, yaqin do‘st va yaxshi qo‘shnichilik an’analarini shakllantirishdagi mintaqaviy kursini yuqori baholadi.

Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TIKA , #Jemalettin Tuney

Aloqador xabarlar