Mirziyoyev bilan Toqayev o‘zaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi.

1807527
Mirziyoyev bilan Toqayev o‘zaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra davlat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tilaganlar.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonda ShHT sammitini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashilgan.

Prezidentlarning muloqoti har doimgidek ishchan va do‘stona ruhda o‘tgan.



Aloqador xabarlar