To‘qayevga nisbatan suiqasd rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi

"Qo'lga olingan Qozogʻiston fuqarosi dastlabki tergov davomida ushbu harakatlarini xorijiy davlat koʻrsatmasi va manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirganini tan oldi",-deyiladi bayonotda.

1806351
To‘qayevga nisbatan suiqasd rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi

 

Qozog‘istonda prezident Qosim-Jomart To‘qayev va boshqa bir qancha yuqori martabali davlat amaldorlariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgani fosh bo‘lgan xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi.

Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayonotda, maxsus bo‘linma tomonidan uyushtirilgan operatsiya doirasida poytaxt Nur-Sultonda tashqi razvedka xizmatida ishlagan Qozog‘iston fuqarosining qo‘lga olingani bildirildi.

“2022 yil 25 mart kuni Nur-Sulton shahrida MXQ kontrrazvedkasi Qozog‘iston Prezidentiga va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirayotgan xorijiy razvedka agenti, Qozog‘iston fuqarosi “A” ni qo‘lga oldi. Shu bilan birga, u maxsus va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan”, -deyiladi bayonotda.

Qo‘lga olingan shaxsdan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i ovoz o‘chirgichi, giyohvand moddalar va katta miqdorda pul topilgan. Qurollar Qozogʻistonga professional tarzda yashirilgan holda, boʻlaklarga boʻlinib olib kirilgan.

Bayonotda agentning ijtimoiy tarmoqlarda tegishli materiallarni chop etish orqali Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqotni targ‘ib qilish va jamiyatda Rossiyaga qarshi qarashlarni shakllantirish vazifalarini ham bajargani qayd etilgan.

"Qo'lga olingan Qozogʻiston fuqarosi dastlabki tergov davomida ushbu harakatlarini xorijiy davlat koʻrsatmasi va manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirganini tan oldi",-deyiladi bayonotda.

Hozirda MXQ tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Qosim-Jomart To‘qayev

Aloqador xabarlar