Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Binali Yildirim amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda.

1801554
Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif uyushtirgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuv avvalida Binali Yildirim O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etgan. Shuningdek o‘zaro savdo hajmlarining ortayotgani, zamonaviy sanoatni barpo etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani hamda madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan.

“Bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Strategik sheriklik bo‘yicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda”,-deyiladi xabarda.

Shuningdek qayd etilishicha uchrashuv chog‘ida, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilar ekan ayni vaqtda o‘tgan yil noyabr oyida tashkilotning Istanbul sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

 



Aloqador xabarlar