Sirdaryo navolari ansambli bu yil Navro‘z bayramini Turkiyada nishonladi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Sirdaryo viloyati bo‘linmasi qoshidagi Sirdaryo navolari ansambli bu yil Navro‘z bayramini Turkiyada nishonladi.

1801500
Sirdaryo navolari ansambli bu yil Navro‘z bayramini Turkiyada nishonladi
Niğde-Özbekistan-2.jpeg
Niğde-Özbekistan-3.jpeg
Niğde-Özbekistan-4.jpeg
Niğde-Özbekistan-5.jpeg
Niğde-Özbekistan-6.jpeg

Turkiyaning Nig‘de viloyatida joylashgan "O‘mer Halisdemir" nomidagi universitetda, Nig‘de munitsipaliteti va Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY hamkorligida, “Navro‘z” bayrami nishonlandi. Unda Nig‘de munitsipaliteti rahbari Emrah O‘zdemir, universitet rektori professor doktor Hasan Uslu va rafiqasi Dilek Yaprak Uslu, TURKSOY Bosh kotibi professsor doktor Dusen Qaseinov, rektor o‘rinbosari professor doktor Yag‘mur Shener va alohida taklif qilingan ko‘plab mehmon va talabalar ishtirok etdi.

Shehit O‘mer Halisdemir” nomidagi kongress va madaniyat markazida uyushtirilgan tadbirni, universitet rektori professor doktor Hasan Uslu ochib berdi. Hasan Uslu unda so‘zlagan nutqida,  dunyoning bir necha mamlakatida katta hayajon bilan nishonlangan Navro‘z bayramini bu yil ham Xalqaro turk madaniyati tashkiloti TURKSOY hamkorligida, universitet mehmonlari va talabalar bilan birgalikda nishonlashdan xursand ekanliklarini ifoda etgan holda, tadbirni uyushtirishga qo‘shgan hissalari uchun TURKSOY va Nig‘de munitsipalitetiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Nig‘de universiteti o‘qituvchilari, mehmonlari va talabalari tomonidan ko‘tarinki ruhda, qulduros qarsaklar bilan qarshi olingan ushbu tadbir, Turk dunyosining turli nuqtasidan TURKSOY tashabbusi bilan taklif etilgan san’atkorlarning rang-barang chiqishlari bilan davom etdi. Unda O‘zbekiston nomidan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Sirdaryo viloyati bo‘linmasi qoshidagi Sirdaryo navolari ansambli ishtirok etdi. Ular ijrosidagi, “Savatchi qizlar” raqsi ayni vaqtda o‘zbek raqs san’ati jihatidan ham tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va o‘zgacha hayajon bilan qabul qilindi. Yuqorida nomi tilga olingan filarmoniya rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Asadilla Holiqovning qayd etishicha, ansaml a’zolari uchun ham bu yilgi Navro‘z bayrami kutilmagan sovg‘adek bo‘lgan. Chunki ular bu yil birinchi marotaba ushbu bayramni Turkiyada, Turk dunyosi va nig‘delik talabalar quvonchi bilan birgalikda nishonlamoqdalar.

Ma’lumot uchun, bu yil Navro‘z bayramini Turkiyada nishonlagan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Sirdaryo viloyati bo‘linmasi qoshidagi Sirdaryo navolari ansambli, 2001-yili tashkil topgan. Ansambl yigirma bir yildan beri dunyoning bir necha davlatida, turli tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Ular asosan o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslari, an’anaviy qo‘shiqlar, mumtoz qo‘shiqlar, ayniqsa meros qo‘shiq va raqslar bilan chiqish qiladilar.

Tadbir yakunida universitet rektori, istedodli san’atkorlarga alohida-alohida minnatdorchilik bildirdi.



Aloqador xabarlar