“Surnay lazgisi”, anqaraliklarni o‘zbek san’atiga lol qoldirdi

Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY, hari yili bo‘lganidek bu yil ham Navro‘z bayramiga atab poytaxt Anqarada tantanali marosim uyushtirdi.

1799744
“Surnay lazgisi”, anqaraliklarni o‘zbek san’atiga lol qoldirdi
TÜRKSOY Nevruz-2022-11.jpg
TÜRKSOY Nevruz-2022-12.jpg

Turk dunyosini bir-biriga madaniy qadriyatlari va mehr tuyg‘usi bilan bog‘lab turuvchi Navro‘z bayramiga atab, har yili bo‘lganidek bu yil ham TURKSOY tomonidan, Turkiya poytaxti Anqara shahrida tantanali marosim uyushtirildi.

Turk xalqlarining qadimiy bayrami Navro‘z, TURKSOY tomonidan uyushtirilgan rang-barang konsert dasturi orqali Anqara musiqa va go‘zal san‘atlar universiteti, Kechio‘ren munitsipaliteti va Prezident simfonik orkestrining konsert zalida o‘tkazildi.

Turk dunyosi va Bolqon yarim orolining 13 davlat va turli hududlaridan 250 dan ortiq san’atkor ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar va raqs dastalari, anqaralik tomoshabinlarda katta taasurot qoldirdi.

Ayni vaqtda anqaraliklarni turk dunyosi bilan uchrashtirgan va bahorning kelishini jar solgan Navro‘z bayramining jozibasi va nafosati aks etgan tadbirda, Navro‘z gulhani yoqilishi ortidan an’anaviy Navro‘z rasm-rusumlari ham unitilmadi. Shu doirada ishtirokchilar gulhan ustidan sakrab, sandon ustida temir urdi.  

TURKSOYning Navro‘z tantanalarining Anqara bosqichi Prezident simfonik orkestri kansert zalidagi tantanali dastur bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Turk dunyosi va Bolqon yarim orolidan kelgan san’atkorlarni anqaralik san’at shaydolari katta xursandchilik bilan qabul qildi.

San’atkorlar ijro etgan va eng muhimi o‘z yurtiga xos kuy-qo‘shiqlar va raqs dastalari tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston nomidan O‘zbekiston respublikasi Xorazm viloyat musiqali drama teatrining raqqosalar guruhi ishtirok etdi. Ular ijto etgan “Surnay lazgisi”, tomoshabinlarni o‘zbek san’atiga lol qoldirdi.

Yuqorida nomi tilga olingan guruh undan oldingi konsertlarda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov ijrosidagi “Xivaki” qo‘shig‘iga O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyakubov saxnalashtirgan xorazmcha raqs ijro etgandi.

Ma’lumot uchun, Xorazm teatri 1922-yili Xiva shahrida tashkil topgan bo‘lib, bu yil o‘zining 100 yillik yubileyini nishonlaydi. “Otahon” teatrlaridan biri. Judayam ko‘p san’at namoyondalari yetishib chiqqan. Mustaqillik davrida TURKSOY taklifiga binoan birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi nomidan TURKSOY tadbirlarida ishtirok etdi. Birinchi tashriflari 2019-yili Xorazm viloyati hokimi hay’ati tarkibida, Turkiyaning Adana shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro teatrlar festivaliga borib taqaladi. TURKSOY bilan ana shu davrdan beri hamkorlik qilib kelmoqda.

Xorazm teatri, TURKSOY tarkibidagi davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro festivallarda faol ravishda ishtirok etmoqda. Bugungacha Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya davlatlarida bo‘lib o‘tgan ko‘plab festivallarda har xil chiqishlar bilan o‘zbek san’atini munosib tarzda namoyon etdi. Ular ko‘proq folklor, teatr va albatta raqs yo‘nalishida bo‘lar ekan, eng muhimi, sahnada namoyish etgan asarlari tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egallab, o‘zbek san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr-muhabbat uyg‘otmoqda.

 

 

  

 

 



Aloqador xabarlar