Abdulaziz Komilov Antaliyada Slovakiya TIV rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston-Slovakiya muzokaralari O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida kechdi.

1795165
Abdulaziz Komilov Antaliyada Slovakiya TIV rahbari bilan uchrashdi

 

Antaliya shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Slovakiya Respublikasi Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Ivan Korchok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan to‘ldirilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Ikki tomonlama darajada ham, Yevropa Ittifoqi doirasida ham siyosiy muloqotni faollashtirishdan tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi bildirildi.

Bo‘lajak tadbirlar, jumladan, Slovakiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston-Slovakiya muzokaralari O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Antaliya (Turkiya Respublikasi) shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida kechdi.



Aloqador xabarlar