Abdulaziz Komilov Antaliyada Jozep Borrel bilan uchrashdi

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida o‘tgan yildagi o‘zaro hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi, joriy yil uchun umumiy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

1794783
Abdulaziz Komilov Antaliyada Jozep Borrel bilan uchrashdi

 

Amaliy tashrif bilan Antaliya shahrida bo‘lgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bilan uchrashdi.

O'zbekiston TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida o‘tgan yildagi o‘zaro hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi, joriy yil uchun umumiy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va ularning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarda erishilgan muvaffaqiyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

"Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" shaklida mintaqalararo muloqotni kengaytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi.



Aloqador xabarlar