Kamilov bilan Kazakbayev O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi

Abdulaziz Kamilov bilan Ruslan Kazakbayev Antaliyada O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi.

1794118
Kamilov bilan Kazakbayev O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini muhokama qildi

Bugun, 2022-yil 11-mart kuni Antaliya shahrida (Turkiya Respublikasi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov II Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra tomonlar uchrashuv chog‘ida, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilganlar. Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan qo‘shma qarorlar va kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratilgan.

Olingan majburiyatlarni bajarish va qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida siyosiy, chegara, suv xo‘jaligi, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.

Oliy, yuqori va mintaqalararo darajalarda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.

 



Aloqador xabarlar