O'zbekiston delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashingtonga tashrifi  doirasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar o‘tkazdi.

1792950
O'zbekiston delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurdi

 

Joriy yilning 6-9 mart kunlari O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rasmiy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ldi.

O'zbekiston TIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashrif 2021 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Strategik sheriklik muloqotining ilk uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashingtonga tashrifi  doirasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda strategik sheriklik munosabatlarining 20 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabriklar almashildi. 

Abdulaziz Kamilov va Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning dolzarb masalalari, jumladan, qo‘shni Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni ham muhokama qildi. Shuningdek, "S5+1" formati doirasida mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH administratsiyasi vakillari, Kongress a’zolari, Amerika ishbilarmon va ilmiy doiralari vakillari bilan ham uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi.

Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Amerika ishbilarmon doiralari vakillarini 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy qoidalari, respublikada iqtisodiyotni tubdan isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida AQSH kompaniyalarining respublikadagi islohotlar jarayonlarida ishtirokini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, joriy yil 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) ishida Amerika kompaniyalarining keng ishtiroki bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi, Jorj Vashington universiteti,  Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti, Kaliforniyadagi Berkli universiteti rahbariyati va ekspertlari bilan muloqotlar uyushtirildi. Uchrashuvlarda mahalliy mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash maqsadida ikki davlat o‘rtasida universitetlararo hamkorlikni kengaytirish, akademik va ilmiy almashuvlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar