Qozog‘iston armiyani zamonaviy qurollar bilan yangilamoqchi

Toqayev, xavfsizlik kuchlarining yuqori martabali vakillari bilan uchrashdi.

1788543
Qozog‘iston armiyani zamonaviy qurollar bilan yangilamoqchi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mudofaa vazirligiga, armiyani yuqori texnologiyali qurollar bilan jihozlash va zamonaviy usullar bilan urushga tayyorlash dasturini qayta tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezidentlik apparati bayonotiga ko‘ra Toqayev, xavfsizlik kuchlarining yuqori martabali vakillari bilan uchrashib, harbiy sohani rivojlantirish siyosatini muhokama qilgan.

Toqayev yig‘ilishda Mudofaa vazirligiga, harbiy xavfsizlikka qaratilgan mavjud tahdidlarini hisobga olgan holda qurolli kuchlarni qayta modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ayniqsa, bu jarayonda harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv tizimini raqamli yondashuvlar bilan takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan Toqayev, armiyani yuqori texnologiyali qurollar bilan jihozlashni, urushga tayyorgarlik dasturini zamonaviy usullar bilan qayta tashkil etishni talab qildi.



Aloqador xabarlar