TURKSOY vakili Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi
TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari dotsent, doktor Bilal Chakiji 9 fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga quyidagi qutlovnomani yo‘lladi.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari dotsent, doktor Bilal Chakiji 9 fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga quyidagi qutlovnomani yo‘lladi.
- Shubhasiz, bugungi va ko‘hna turkiy tilning asoslarida Alisher Navoiy merosining o‘rni alohida. Alisher Navoiy kuylagan turkiy til yoki O‘rta Osiyo chig‘atoy tilining davomchisi bugungi zamonaviy o‘zbek tili hisoblanadi.
Ushbu fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik hamma qardoshlarimni, umuman, butun turk dunyosi ahlini barchamizning qadriyatimiz, hammamizning ulug‘ bobokalonimiz bo‘lgan Alisher Navoiy hazratlarining tavallud ayyomi bilan Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY nomidan muborakbod etar ekanman, buyuk Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu satrlarni sizlar bilan baham ko‘rishni istadim:
Bag‘rimga, ey ayriliq tikoni, har zamon soplanma,
Ey ko‘ngul, yuz aziyat kelsa, ko‘zga boshqasini olma,
Ming balo yuzlansa, ey jon, yordan ayrilma,
Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hijron, lekin qilma,
Yorimni mendin judo yoxud meni undan judo!
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev bilan Putin O‘zbekiston - Rossiya munosabatlarini ko‘rib chiqdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin, telefon orqali muloqot qildi.
Aliyev bilan Raisiy Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi
Aliyev bilan Raisiy, Ozarbayjon - Eron chegarasida uchrashdi.