Ozarbayjon hibsdagi 8 askarni Armanistonga qaytardi

Ozarbayjon ikki davlat chegarasining Kalbajar yoʻnalishida provokatsiya qilishga uringan paytda qoʻlga olingan 8 askarni Armanistonga qaytardi.

1774796
Ozarbayjon hibsdagi 8 askarni Armanistonga qaytardi

Ozarbayjon hibsdagi 8 askarni Armanistonga qaytardi.

Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yoʻqolgan va garovga olingan fuqarolardan mas’ul davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotda, ekstraditsiya qilinganlarning 16-noyabr kuni ikki davlat chegarasining Kalbajar yoʻnalishida provokatsiya qilishga uringan paytda qoʻlga olingan harbiylar ekani maʼlum qilindi.

Bayonotda, bu qadamga javoban, Armaniston tomonining ham Birinchi Qorabogʻ urushida o‘ldirilgan va ommaviy qabrlarga koʻmilgani taxmin qilinayotgan ozarbayjonlik tinch aholi va askarlar shuningdek, ommaviy qabrlarning o‘rni haqidagi maʼlumotlarni Ozarbayjonga taqdim etishi lozimligi ifoda etildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishel bilan 4-fevral kuni uyushtirgan videokonferensiyada, Birinchi Qorabog‘ urushida bedarak yo‘qolgan Ozarbayjon fuqarolarining ahvolini kun tartibiga olib chiqar ekan Pashinyan bu borada hamkorlik qilishga va’da bergandi. Mazkur masalani Fransiya Prezidenti Makron ham qo‘llab-quvvatlagan.



Aloqador xabarlar