KXShT Tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan butunlay chiqib ketdi

Mamlakat hududiga 6-yanvar kuni kirib kelgan KXShT Tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan butunlay chiqib ketdi.

1765382
KXShT Tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan butunlay chiqib ketdi

Qozog‘iston, mamlakatga 6-yanvar kuni kelgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tinchlikparvar kuchlarining hududdan butunlay chiqib ketgani va hozirda mamlakatda chet ellik kuch qolmaganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oljas Husainov, kecha KXShT Tinchlikparvar kuchlarining mamlakat hududidan to‘liq ketganini bildirdi.

Prezident Qasim-Jomart Toqayevning buyrug‘i bilan KXShT Tinchlikparvar kuchlari 13-yanvardan e’tiboran mamlakatdan bosqichma-bosqich keta boshlaganini yodga solgan Husainov, nomi tilga olingan harbiy kuchlarning mamlakatga, vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida kelganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Qozog‘iston gʻarbida 2-yanvar kuni suyultirilgan gaz (LPG) narxining oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgani sababli boshlagan norozilik namoyishlari, mamlakatning oldingi poytaxti Olmaota shahrida zo‘rovonlikka aylangandi.

Ko‘p o‘tmay 6-yanvar kuni KXShT Tinchlikparvar kuchlari mamlakatga joylashtirildi. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikiston harbiy kuchlaridan iborat ushbu kuchlarning terror amaliyotida ishtirok etmasligi, faqatgina strategik va ijtimoiy ob’yektlar xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanishi qayd etilgandi.

Prezident Toqayev 11-yanvar kuni parlamentdagi nutqida, mamlakatda konstitutsiyaviy tuzum tiklangani va nomi tilga olingan tinchlikparvar kuchlarining 19-yanvarga qadar mamlakatdan butunlay chiqib ketishini bildirgandi.

 



Aloqador xabarlar