Toshkentda 3 milionga yaqin kishi istiqomat qiladi

Hududlarning doimiy aholisi soni hisobotiga ko‘ra Toshkentda qariyb 3 million kishining istiqomat qilishi qayd etildi.

1763583
Toshkentda 3 milionga yaqin kishi istiqomat qiladi

Joriy yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida doimiy yashaydigan aholi soni 2860511 kishini, Toshkent viloyatida esa 2860511 kishini tashkil etdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga tayangan holda “Dunyo” AA muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu maʼlumotlarda qayd etilishicha, eng ko‘p aholi Samarqand (4031299 kishi), Farg‘ona (3896393), Qashqadaryo (3408313) va Andijon (3253501) viloyatlarida, eng kam aholi esa Xorazm (1443380), Navoiy (1033869) va Sirdaryo (878599 kishi)  viloyatlarida istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz: 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy soni 35271276 kishini tashkil etgan (yillik o‘sish 2 foizdan ziyod). Shaharlar va qishloq joylardagi aholining soni qariyb birdek. Shaharlarda 17,9 million, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.



Aloqador xabarlar