Mirziyoyev bilan Putin o‘zaro munosabat va mintaqa kun tartibini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1762620
Mirziyoyev bilan Putin o‘zaro munosabat va mintaqa kun tartibini muhokama qildi

Kecha 2022-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu maʼlumotda qayd etilishicha, suhbatda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Oliy darajada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Turli darajalardagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari faollashgan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan.

Hududlararo yo‘nalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish muhim ekanini qayd etdilar.

Yaqinda Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Qozog‘iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

 



Aloqador xabarlar