“Gʻarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi

Oʻzbekistonda Yevrosiyo xalqlari shu jumladan turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiya va lingvistikasi uchun yordamchi material sifatida yangi asar nashr etildi.

1761698
“Gʻarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi
Özbekistan Bilimler Akademisi-2.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan “Gʻarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra yuqorida nomi tilga olingan monografiya oʻzbek davlatchiligi tarixida yuksak oʻrin tutadigan Gʻarbiy Turk xoqonligi (568-740-yy.) tarixi va tanga-pul tizimining dolzarb masalalariga bagʻishlangan.

Qayd etilishicha monografiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan tarix, arxeologiya, etnologiya va lingvistika sohalari uchun birlamchi yoki yordamchi qo‘llanmalardan biri sifatida xizmat qiladi. Unda O‘zbekiston hududidagi arxeologik qadimiy shahar qoldiqlaridan topilayotgan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, bunday materiallar O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlarida deyarli uchramaydi.

Monografiyadan Yevrosiyo xalqlari shu jumladan turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiya va lingvistikasi uchun yordamchi material sifatida foydalanish mumkin.



Aloqador xabarlar